NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🦅 Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich OTMdagi talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

🎓 Institut rektori Sirtqi ta’lim bo’limida tahsil olayotgan barcha talabalarning o’qish jarayonlari, imtixonlarning adolatli o’tkazilishi va talabalarni qiynayotgan muammolar yuzasidan yoshlar bilan muloqot qilib, holatni o’rgandi.

✔️ Jarayonda institut rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich bilan birga O’quv ishlari bo’yicha institut prorektori Shavkat Madraximov, Sirtqi ta’lim bo‘lim boshlig‘i Sansizbay Kalmuratov hamda Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori boshlig’i Oybek Achilovlar Nukus innovatsion instituti Sirtqi ta’lim bo’limidagi har bir guruhga kirib, talabalar-yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish