NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿🇸🇪 Joriy yilning 30-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasining Shvetsiya qirolligidagi elchixonasi hamda Xalqaro reytingda 88-o’rinda turuvchi Shvetsiyaning «UPPSALA UNIVERSITY» (https://www.uu.se/en) vakillari tomonidan tashkil etilgan Xalqaro darajadagi konferensiya (muloqot) o’tkazildi.

Unda O’zbekistondagi bir qancha oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan Nukus innovatsion instituti, Toshkent davlat arxitektura-qurilish universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali, Urganch davlat universiteti hamda Qirg’iziston xalqaro universiteti vakillari, shuningdek, Shvetsiyaning Uppsala universiteti «Barqaror rivojlanish va resurslarni boshqarish» fakulteti professorlari qatnashishdi.

Uchrashuvni O’zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi muxtor elchisi o’z nutqlari bilan ochib berdi hamda Uppsala universiteti professor-o’qituvchilari Lars Ruden, Bo Libert va Lars Hylander taqdimot qilishdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad Uppsala universiteti rahbariyati, professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston va Shvetsiyadagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat-magistratura talabalari uchun «Barqaror rivojlanish va barqaror fan» 2024-yil bahorga mo’ljallangan Xalqaro trening kursiga taklif etishdir.

Ushbu xalqaro seminar, o’quv mashg’ulotlari, ma’ruzalarida talaba- yoshlar professor-o’qituvchilari bilan birgalikda o’zlari yashab turgan davlat va jamiyatda sodir bo’layotgan global, ekologik va atrof-muhit, iqlim o’zgarishlari, muammolariga o’zlarining start-up loyihalari bilan taqdimot qilishlariga jalb etishdan iborat.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish