NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿🇹🇷Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-1000 talikka kiruvchi Turkiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi Ondokuz Mayis universiteti bilan xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumini imzoladi.

✅ Mazkur memorandum imzolanishida Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyevlar; Ondokuz Mayis universiteti rektori professor Yavuz Unal, Ondokuz Mayis universiteti Xalqaro aloqalar markazi rahbari Ismayil Chetin ishtirokida keng qamrovli hamda samarali muzokaralar olib borildi.

📌 Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida institutimizning professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlarining Turkiya Respublikasidagi ushbu oliy ta’lim muassasasida tajriba almashib, akademik mobillik yuzasidan o‘z bilimlari va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, institut faoliyatini yanada rivojlantirishdan iborat.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish