NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿 🇨🇳Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-1000 talik ro’yxatidan o’rin olgan, 2023-yil yakunlari bo’yicha xalqaro QS-556 reytingda bo’lgan Xitoy davlatining janubiy-g‘arbiy hududida joylashgan nufuzli Jiaotong universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

🦅 Xususan, joriy yilning 29-mart kuni Nukus innovasion instituti vakillari hamda Xitoy Xalq Respublikasining Jiaotong universiteti vakillari o’rtasida onlayn muloqot bo’lib o’tdi.

Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutning O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Shavkat Madraximov, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashevlar, shuningdek, Jiaotong universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i May Hu shtirok etishib, ikkitomonlama muzokaralar olib borildi.

✔️ O‘tkazilgan suhbatdan ko‘zlanlangan asosiy maqsad, kelgusida Nukus innovatsion institutiga ushbu nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasasi professorlarini ma’ruza o’qishga taklif etish, pedagog xodimlar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, xalqaro qo’shma fakultetlar tashkil qilish, shuningdek, institut faoliyatida o’quv jarayonlari sifatini yuqori darajaga olib chiqish hamda xalqaro hamkorlik memorandumini imzolashdan iborat.

🇺🇿 🇺🇸 Eslatib o’tamiz, bundan oldin Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-500lik ro’yxatidan o’rin olgan, 2023-yil yakunlari bo’yicha xalqaro QS-101 reytingda bo’lgan Amerika Qo’shma Shtatlarining eng nufuzli bo’lgan Saffolk universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edi (https://t.me/NUKUS_INNOVATSION_INSTITUTI/2862).

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish