NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

▪️ «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida Nukus innovatsion instituti atoqli yozuvchi va shoirlar ishtirokida adabiy kecha bo’lib o’tdi.

▪️ Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Kengesbay Karimov, «Amudaryo» jurnali bosh muharriri, Qoraqalpog’iston xalq shoiri Xalila Dauletnazarov hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, shuningdek, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, institutining O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boyicha prorektori Alisher Yuldashevlar ishtirok etishdi.

▪️Ijodkorlar bilan uchrashuvlar savol-javob tarzida sermazmun va qiziqarli tarzda bolib o’tdi. Bir qator talaba-yoshlar adiblarimizning asarlarini yodda aytib, ularni ko’nglini ko’tardi. Uchrashuvda ma’naviyatli, ma’rifatli avlod bo’lishda kitobning o’rni yuqori ekanligi aytildi.

▪️Adabiy kecha yakunida atoqli yozuvchi va shoirlarga Nukus innovatsion institutida rahbariyati tomonidan tayyorlangan qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish