NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿 🇹🇷Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-1000 talik ro’yxatidan o’rin olgan, Turkiya davlatining Ege universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

✔️ Xususan, joriy yilning 22-may kuni Turkiyaning Ege universiteti Xalqaro aloqalar markazi rahbari assistenti Prof. Pinar Fedakar Nukus innovatsion institutiga amaliy tashrif bilan keldi hamda keng qamrovli muloqot bo’lib o’tdi.

🦅 Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, «Boshlang’ich va gumanitar fanlar kafedrasi» mudiri, Yuridika fanlari nomzodi, professor Berdax Daumenovlar ishtirok etishib, ikki tomonlama muzokaralar olib borilib, xalqaro hamkorlik memorandum imzolash bo’yicha kelishib olishdi.

📌 O‘tkazilgan suhbatdan ko‘zlanlangan asosiy maqsad, kelgusida Nukus innovatsion institutiga ushbu nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasa professorlarini ma’ruza o’qishga taklif etish, pedagog xodimlar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, shuningdek, institut faoliyatida o’quv jarayonlari sifatini yanada yuqori darajaga ko’tarishdan iborat.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish