NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿🇰🇿Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-1000 talik ro’yxatidan o’rin olgan, Qozog’iston Respublikasining Abay nomidagi Qozogiston Milliy pedagogika universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

✔️ Xususan, joriy yilning 24-aprel kuni Qozog’istonning Abay nomidagi Qozogiston Milliy pedagogika universiteti Marketing bo’limi boshlig’i Asel Qalamboyeva, dotsent Qambar Bedelovlar Nukus innovatsion institutiga amaliy tashrif bilan kelishdi hamda keng qamrovli muloqot bo’lib o’tdi.

🦅 Unda Nukus innovatsion institutining O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boyicha prorektori Alisher Yuldashev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, kafedra mudiri M. Jumamuratovlar ishtirok etishib, ikki tomonlama muzokaralar olib borilib, xalqaro hamkorlik memorandumi imzolash bo’yicha kelishib olindi.

📌 O‘tkazilgan suhbatdan ko‘zlanlangan asosiy maqsad, kelgusida Nukus innovatsion institutiga ushbu nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasa professorlarini ma’ruza o’qishga taklif etish, pedagog xodimlar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, shuningdek, institut faoliyatida o’quv jarayonlari sifatini yanada yuqori darajaga ko’tarishdan iborat.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish