NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿🇩🇪 Nukus innovatsion institutiga Germaniya Federativ Respublikasining nufuzli GIZ tashkiloti expertlari GOPA loyiha rahbari Juergen Weiss, xalqaro ekspert Bianca Jaenecke hamda Toshkent to’qimachilik va yengil saonat instituti dotsenti Xayrulla Usmanovlar amaliy tashrif bilan kelishdi. Martabali mehmonlarni Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich kutib olib, o’zaro muzokaralar olib borildi.

▪️Muzokaralar davomida martabali mehmonlarni Nukus innovatsion instituti ma’muriyati vakillari institut faoliyati va bino, o’quv auditoriyalari hamda talabalarga yaratilgan har tomonlama sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

▪️Jarayonlarda Nukus innovatsion institutining O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Shavkat Madraximov, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, kafedra mudiri Maxset Aytimbetovlar ishtirok etishdi.

▪️GIZ tashkiloti expertlari GOPA loyiha rahbari Juergen Weiss, xalqaro ekspert Bianca Jaenecke Nukus innovatsion instituti talaba-yoshlariga GIZ tashkiloti faoliyati bo’yicha batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ushbu tashkilot Nukus innovatsion instituti professor-o’qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy loyihalar bilan tanishib ularni qo’llab-quvvatlash bo’yicha maslahatlar berib o’tdi.

▪️ Bundan ko’zlangan asosiy maqsad Nukus innovatsion instituti faoliyatini yuksak darajaga olib chiqish, har tamonlama rivojlantirishdan iborat.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish