NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

☄️ Nukus innovatsion instituti 2 ta nufuzli xorijiy OTM bilan hamkorlikni yo’lga qo’ymoqda

🇺🇿🇰🇿🇧🇾Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-1000 talik ro’yxatidan o’rin olgan, Belarussiya Respublikasining nufuzli Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti va shuningdek Qozogiston Respublikasining Buketov nomidagi Qaraganda davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

✔️Xususan, joriy yilning 28-mart kuni Belarusiyaning Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti Yuridika fakulteti dekani muovini, Yuridika fanlari nomzodi, dotsent Vartanian Avak Mixailovich va Qozog’istonning Buketov nomidagi Qaraganda davlat universiteti professori Shakenov Ardak Ordashevichlar Nukus innovatsion institutiga amaliy tashrif bilan kelishdi hamda keng qamrovli muloqot bo’lib o’tdi.

🦅 Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boyicha prorektori Alisher Yuldashev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, kafedra mudirlari Berdax Daumenov va Maxetbay Aytimbetovlar ishtirok etishib, ikkitomonlama muzokaralar olib borilib, xalqaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

📌 O‘tkazilgan suhbatdan ko‘zlanlangan asosiy maqsad, kelgusida Nukus innovatsion institutiga ushbu nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professorlarini ma’ruza o’qishga taklif etish, pedagog xodimlar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, shuningdek, institut faoliyatida o’quv jarayonlari sifatini yanada yuqori darajaga ko’tarishdan iborat.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish